BDTU

BDTU Talaba

Talabalar xavfsizligi va intizomi tizimi

Maxfiylik siyosati

Oxirgi tahrir: 2026-10-16

Ushbu siyosat «BDTU Talaba» mobil ilovasi va ijara-manitoring.uz veb-tizimi (birgalikda — «Tizim») qaysi shaxsga doir ma'lumotlarni qanday maqsadda yig'ishi, kimga ko'rsatishi va qancha saqlashini tushuntiradi. Tizim Buxoro davlat texnika universiteti (BDTU) talabalari xavfsizligini ta'minlash uchun ishlatiladi.

1. Ma'lumotlar operatori

Ma'lumotlar operatori — Buxoro davlat texnika universiteti. Ma'lumotlar universitet serverida saqlanadi va O'zbekiston Respublikasining «Shaxsga doir ma'lumotlar to'g'risida»gi Qonuni (O'RQ-547) asosida qayta ishlanadi.

2. Qaysi ma'lumotlar yig'iladi

a) Universitet axborot tizimlaridan (HEMIS va BDTU ma'lumotlar bazasi) olinadi:

  • F.I.Sh., talaba ID raqami, fakultet, guruh, kurs, jinsi, tug'ilgan sana;
  • pasport ma'lumotlari va JShShIR, viloyat va tuman;
  • doimiy va vaqtinchalik yashash manzili, telefon raqami, yashash joyi turi (ijara, yotoqxona, qarindoshnikida, o'z uyi) va unga oid aloqa ma'lumotlari.

b) Ilova orqali (faqat siz rozilik berganingizdan keyin):

  • Aniq geolokatsiya (koordinata, aniqlik, vaqt) va telefon batareyasi darajasi — taxminan har 5 daqiqada, ilova yopiq bo'lganda ham (fon rejimida). Kuzatuv yoqilganda telefonda doimiy bildirishnoma ko'rinib turadi;
  • SOS signali: bosilgan vaqt, joylashuv va siz ixtiyoriy biriktirgan rasm;
  • tyutoringiz bilan yozishmalar va siz yuborgan «manzil xato» xabarlari;
  • push-bildirishnoma tokeni, qurilma platformasi va ilova versiyasi.

c) Texnik ma'lumotlar:

  • ilova nosozliklari hisobotlari (Firebase Crashlytics) va ekranlardan foydalanish statistikasi (Firebase Analytics). Ilova ularga faqat foydalanuvchi roli va ekran nomini yozadi, Firebase esa standart texnik ma'lumotlarni (qurilma modeli, Android versiyasi, ilova versiyasi) qo'shadi. Ism, telefon, manzil yoki koordinata yuborilmaydi;
  • xavfsizlik jurnali: tizimga kirish va muhim amallar, IP manzil va brauzer/ilova turi.

Tizim kontaktlar ro'yxati, SMS, qo'ng'iroqlar tarixi, mikrofon yoki boshqa ilovalar ma'lumotiga kirmaydi. Reklama identifikatori yig'ilmaydi.

3. Ma'lumotlar nima uchun ishlatiladi

  • tunda yashash joyida bo'lmaslik, signal uzoq yo'qolishi, darsga kelmaslik kabi xavfli holatlarni aniqlash va tyutorni ogohlantirish;
  • SOS signaliga tezkor javob berish (yordam kelguncha joylashuvni jonli kuzatish);
  • talaba va tyutor o'rtasidagi aloqa, bildirishnomalar yuborish;
  • tizim xavfsizligi, suiiste'molning oldini olish va qonunchilik talablarini bajarish.

Ma'lumotlar sotilmaydi, reklama uchun ishlatilmaydi va uchinchi shaxslarga marketing maqsadida berilmaydi.

4. Ma'lumotlarni kim ko'radi

  • sizga biriktirilgan tyutor — faqat o'z talabalarining ma'lumotlarini;
  • universitet rahbariyati (rektorat) — xavfsizlik nazorati uchun;
  • vakolatli nazorat organlari — faqat vakolati rasmiy tasdiqlangan holda, o'z hududi doirasida va faqat ko'rish rejimida;
  • texnik xizmat ko'rsatuvchilar: Google Firebase (push-bildirishnoma yetkazish va nosozlik hisobotlari) — ma'lumotlarni faqat shu xizmat uchun qayta ishlaydi.

Har bir ko'rish, yuklab olish va o'zgartirish xavfsizlik jurnaliga yoziladi.

5. Saqlash muddati

  • geolokatsiya tarixi 90 kundan keyin avtomatik o'chiriladi;
  • talaba profili ma'lumotlari universitetda o'qish davomida saqlanadi;
  • ogohlantirishlar va xavfsizlik jurnali universitet ichki tartibi va qonunchilikda belgilangan muddat davomida saqlanadi.

6. Xavfsizlik

Barcha aloqa faqat shifrlangan HTTPS orqali, sertifikatni tekshirish (pinning) bilan amalga oshiriladi. Kirish tokenlari serverda xeshlangan holda, telefonda esa tizimning shifrlangan xotirasida saqlanadi. Ilovani PIN yoki biometrik qulf bilan himoyalash mumkin. Ma'lumotlarga kirish rolga qarab cheklangan, ilova ma'lumotlari zaxira nusxaga (cloud backup) tushmaydi.

7. Sizning huquqlaringiz

  • o'z ma'lumotlaringizni ilovada yoki veb-kabinetda (/cabinet/) ko'rish;
  • noto'g'ri manzil haqida xabar berish va tuzatishni so'rash;
  • rozilikni istalgan vaqtda qaytarib olish (ilova → Profil yoki veb-kabinet). Shundan keyin geolokatsiya yuborilishi to'xtaydi;
  • telefon sozlamalarida joylashuv ruxsatini istalgan vaqtda o'chirish;
  • quyidagi aloqa orqali ma'lumotlarni o'chirish yoki ular haqida ma'lumot olishni so'rash.

«BDTU Talaba»: ma'lumotlarni o'chirishni so'rash

  1. biriktirilgan tyutoringizga / universitet talabalar bilan ishlash bo'limiga murojaat qiling.
  2. Murojaatda F.I.Sh., talaba ID raqami va «BDTU Talaba ilovasi ma'lumotlarini o'chirish» degan so'rovni yozing.
  3. Shaxsingiz tasdiqlangach, geolokatsiya tarixi, yozishmalar, SOS rasmlari va qurilma (push) tokenlari o'chiriladi.

Universitet qonunchilik bo'yicha saqlashi shart bo'lgan ma'lumotlar (talabaning o'quv yozuvi, xavfsizlik jurnali) belgilangan muddatgacha saqlanadi. Geolokatsiya yig'ishni darhol to'xtatish uchun rozilikni ilovadagi Profil bo'limida qaytarib oling.

8. Kimlar uchun

Ilova faqat BDTU talabalari va xodimlari uchun mo'ljallangan. Akkauntlar universitet tomonidan beriladi, ilovada mustaqil ro'yxatdan o'tib bo'lmaydi.

9. O'zgarishlar

Siyosat o'zgarsa, shu sahifadagi sana yangilanadi. Rozilik matni o'zgarganda ilova sizdan rozilikni qayta so'raydi.

10. Aloqa

  • Biriktirilgan tyutoringiz yoki universitet talabalar bilan ishlash bo'limi orqali.

Privacy Policy

Last updated: 2026-10-16

This policy explains what personal data the «BDTU Talaba» mobile app and the ijara-manitoring.uz web system (together, "the System") collect, why, who can see it and how long it is kept. The System is operated by Bukhara State Technical University (BDTU) to keep its students safe. Data is stored on university servers and processed under the Law of the Republic of Uzbekistan "On Personal Data" (ZRU-547).

1. Data we process

  • From university systems (HEMIS, BDTU database): full name, student ID, faculty, group, year, gender, date of birth, passport data and personal ID number (JShShIR), region, home and current address, phone number and accommodation details.
  • From the app, only after you give consent: precise location (coordinates, accuracy, time) and battery level about every 5 minutes, including in the background when the app is closed. A persistent notification is shown while tracking is on. Also: SOS signals with location and an optional photo, messages with your tutor, address-error reports, push notification token, device platform and app version.
  • Technical: crash reports (Firebase Crashlytics) and screen usage statistics (Firebase Analytics), to which the app sends only the user's role and screen names (Firebase adds standard technical data such as device model and OS/app version) and never a name, phone number, address or coordinates; plus a security log of sign-ins and sensitive actions with IP address and user agent.

The System does not access contacts, SMS, call logs, the microphone or other apps' data, and does not collect the advertising ID.

2. Why we use it

To detect risk situations (not at the registered residence at night, long signal loss, missed classes) and alert the student's tutor; to respond to SOS signals with live location; for tutor–student communication and notifications; and for system security and legal compliance. Data is never sold, not used for advertising and not shared for marketing.

3. Who can see it

Your assigned tutor (only their own students), university management, authorized oversight bodies (only with officially verified authority, within their region and read-only), and Google Firebase as a service provider for push delivery and crash reporting. Every view, export and change is recorded in a security log.

4. Retention

Location history is deleted automatically after 90 days. Profile data is kept while you study at the university. Alerts and the security log are kept for the period required by university rules and law.

5. Security

All traffic uses HTTPS with certificate pinning. Access tokens are stored hashed on the server and in encrypted storage on the phone. The app can be locked with a PIN or biometrics, access is role-based, and app data is excluded from cloud backup.

6. Your rights

You can view your data in the app or the web cabinet, report a wrong address, withdraw your consent at any time (app → Profile, or the web cabinet), after which location sharing stops, revoke the location permission in your phone settings, and request deletion of or information about your data using the contacts below.

BDTU Talaba: how to request deletion of your data

  1. Contact your assigned tutor / the university's student affairs office.
  2. Include your full name, student ID and the request "Delete my BDTU Talaba app data".
  3. After your identity is verified, your location history, messages, SOS photos and device (push) tokens are deleted.

Data the university is legally required to keep (your student record, the security log) is retained for the period required by law. To stop location collection immediately, withdraw your consent in the app under Profile.

7. Audience

The app is intended only for BDTU students and staff. Accounts are issued by the university; there is no self-registration in the app.

8. Contact

  • Your assigned tutor or the university's student affairs office.

© Buxoro davlat texnika universiteti